Barcha yangiliklar
Bugun Payariq tumani hokimi Sh.Xudayberdiyev tegishli mas’ullar bilan tumandagi Gulzor, Madaniyat, Juvozxona, Guliston hamda Toxirshayx mahallalarida belgilangan marshrut asosida o‘rganish ishlarini olib bordi.
Gallery image 95811
Gallery image 95812
Gallery image 95813
JAZILOV NURISLOM KABILJONOVICH
04 Mar 2026
16:02

Bugun Payariq tumani hokimi Sh.Xudayberdiyev tegishli mas’ullar bilan tumandagi Gulzor, Madaniyat, Juvozxona, Guliston hamda Toxirshayx mahallalarida belgilangan marshrut asosida o‘rganish ishlarini olib bordi.

#Deputat_nazorati 

#Deputat_faoliyati

Aholi uchun qulay sharoit yaratish – ustuvor vazifa

Bugun Payariq tumani hokimi Sh.Xudayberdiyev tegishli mas’ullar bilan tumandagi Gulzor, Madaniyat, Juvozxona, Guliston hamda Toxirshayx mahallalarida belgilangan marshrut asosida o‘rganish ishlarini olib bordi.

O‘rganish jarayonida hududlarning bahor mavsumiga tayyorgarlik holati ko‘zdan kechirildi. Xususan, mahalla va ko‘chalarda obodonlashtirish ishlari, ariqlarning qazilishi va tozaligi, mavjud infratuzilma obyektlarining bugungi kundagi ahvoli muhokama qilindi.

Shuningdek, ta’mirtalab yo‘llarni bosqichma-bosqich ta’mirlab, asfalt qoplamasini yotqizish, qor va yomg‘irli kunlarda suv to‘planishining oldini olish maqsadida yo‘llarni kengaytirish hamda suv oqimini to‘g‘ri yo‘naltirish masalalari yuzasidan mas’ullarga aniq topshiriqlar berildi.

🔰Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:

Telegram (https://t.me/Payariqkengashkotibiyati) | Veb-Sayt| (https://kengash.gov.uz/news?region_id=7&authority_id=377)