Barcha yangiliklar
Deputat yoshlar bilan uchrashuv o‘tkazdi
Gallery image 95763
Gallery image 95764
ESHKUZIYEV ELBEK ABDUALIMOVICH
04 Mar 2026
15:28

Deputat yoshlar bilan uchrashuv o‘tkazdi

Zomin tuman Kengashi deputati I.Karimova “Mahalladagi yoshlar yetakchisi tomonidan amalga oshirilayotgan tadbirlar samaradorligi”, yoshlar bandligi, yoshlarning taklif va tashabbuslari, ularni qiynayotgan muammolar hamda kelgusidagi rejalar bo'yicha uchrashuv o'tkazdi. 

Uchrashuvda so‘zga chiqqan yoshlar ta’lim sifati, oliy ta’limga kirish imkoniyatlari, bandlik masalalari, tadbirkorlikni boshlash uchun yaratilayotgan sharoitlar, xorijiy tillarni o‘rganish bo‘yicha imkoniyatlar yuzasidan o‘z fikr-mulohazalarini bildirdi.

Deputat tomonidan yoshlarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan davlat dasturlari, imtiyoz va hududda amalga oshirilayotgan loyihalar haqida batafsil ma’lumot berildi. Bildirilgan har bir taklif va murojaat nazoratga olinib, tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda hal etilishi ta’kidlandi.

Uchrashuvlar davom etmoqda