Barcha yangiliklar
Tayloq tumanida suv ta’minoti va xotin-qizlar bandligi uchun muhim loyihalar amalga oshirilmoqda
Gallery image 95722
Gallery image 95723
Gallery image 95724
Gallery image 95725
Gallery image 95726
Gallery image 95727
Gallery image 95728
Gallery image 95729
G‘AFFOROV SHOHZOD BAXTIYOR O‘G‘LI
27 Fev 2026
14:23

Tayloq tumanida suv ta’minoti va xotin-qizlar bandligi uchun muhim loyihalar amalga oshirilmoqda

Tayloq tumanida aholi turmushini yaxshilash va ijtimoiy muammolarni hal qilish maqsadida bir qator loyihalar amalga oshirilmoqda. Bu chora-tadbirlar “Fuqarolik jamiyati institutlarini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-124-sonli Farmon ijrosini ta’minlash doirasida amalga oshirilmoqda. 

  ✔️Parlament komissiyasi a’zolari, hududiy jamoat fondi xodimlari hamda tuman Kengashi kotibiyati va deputatlar ishtirokida aholi yashaydigan mahallalardagi muammolar o‘rganildi. O‘rganish natijalari asosida aholi uchun eng dolzarb masalalar – toza ichimlik suvi ta’minoti va migratsiyadan qaytgan xotin-qizlarning bandligini ta’minlash vazifalari belgilab olindi. 

  ✔️Shu asosda, ajratilgan mablag‘ evaziga Yastepa mahallasida aholini sifatli ichimlik suvi bilan ta’minlash, Xo‘jaqishloq mahallasida esa migratsiyadan qaytgan xotin-qizlarning bandligini ta’minlash loyihalari amalga oshiriladi. 

 ✔️Mazkur loyihalar aholining turmush darajasini ko‘tarish, ijtimoiy barqarorlikni mustahkamlash va xotin-qizlarning mehnat faoliyatida ishtirokini ta’minlashga xizmat qiladi.

🌐 https://t.me/Toyloq_tuman_Kengashi