Barcha yangiliklar
G‘o‘lba mahallasida o‘rganish va muloqotlar o‘tkazildi
Gallery image 95707
Gallery image 95708
Gallery image 95709
Gallery image 95710
Gallery image 95711
Gallery image 95712
G‘AFFOROV SHOHZOD BAXTIYOR O‘G‘LI
24 Fev 2026
14:14

G‘o‘lba mahallasida o‘rganish va muloqotlar o‘tkazildi

Tuman Kengashi kotibiyati mudiri B. Xamrayev hamda tuman Kengashi deputati F. Sidiqovlar G‘o‘lba mahallasida bo‘lib, hududdagi ijtimoiy-ma’naviy muhit bilan tanishdilar.

Ramazon oyi arafasida Jome masjidiga tashrif buyurilib, masjid hududining obodonligi va ozodaligi ko‘zdan kechirildi. Masjid imomi va mahalla raisi bilan suhbatda iftorliklarni ixcham tashkil etish, ortiqcha mablag‘larni kam ta’minlangan oilalar hamda chin yetimlarni qo‘llab-quvvatlashga yo‘naltirish bo‘yicha tavsiyalar berildi.

Shuningdek, ayrim fuqarolar xonadonlariga tashrif buyurilib, ularning turmush sharoiti o‘rganildi. Hovlilardagi bo‘sh yer maydonlaridan samarali foydalanish, ekin ekish va hududni ozoda saqlash bo‘yicha tushuntirish ishlari olib borildi.

Bizni kuzatib boring:👇

t.me/Toyloq_tuman_Kengashi