Barcha yangiliklar









G‘AFFOROV SHOHZOD BAXTIYOR O‘G‘LI
20 Fev 2026
13:26
Tumandagi istirohat bog‘i yangi qiyofa kasb etadi
Bugun tuman hokimi tuman Kengashi deputati Behzod Raxmatullayev tuman markazidagi istirohat bog‘i hududida faoliyat yuritayotgan, attraksionlarga egalik qiluvchi tadbirkorlar bilan muloqot qildi.
Uchrashuv davomida istirohat bog‘ini zamonaviy talablarga mos ravishda yangilash, attraksionlarni xavfsizlik va sifat jihatidan yuqori darajaga olib chiqish masalalari muhokama etildi. Hokim tomonidan bog‘ hududini obodonlashtirish, yangi dizayn yechimlarini joriy etish hamda aholiga qulay va xavfsiz sharoit yaratish bo‘yicha aniq vazifalar belgilab berildi.
t.me/Toyloq_tuman_Kengashi