Barcha yangiliklar
Deputat tomonidan o‘rganish ishlari olib borildi
Gallery image 95623
Gallery image 95624
Gallery image 95625
Gallery image 95626
Gallery image 95627
Gallery image 95628
Gallery image 95629
XOLIQJONOVA BARNOXON AXROR QIZI
03 Mar 2026
12:38

Deputat tomonidan o‘rganish ishlari olib borildi

Deputat tomonidan o‘rganish ishlari olib borildi

Xalq deputatlari Olmazor tumani Kengashi deputati Abdujalil Xasanov tuman hududidagi ijtimoiy obyektlarga olib borilayotgan qurilish va ta’mirlash ishlari bilan yaqindan tanishdi. 

Xususan, deputat "Ahil" mahallasida bo‘lib, u yerda 21-sonli Oilaviy poliklinikaning kunduzgi shifoxona binosida amalga oshirilayotgan rekonstruksiya ishlarining bugungi kundagi holatini o‘rgandi. Ushbu ishlar doirasida binoning ichki va tashqi ko'rinishi yangilandi, shuningdek, bemorlar uchun qulaylik yaratish maqsadida zamonaviy tibbiy uskunalar o'rnatildi. Yangi o'zgarishlar tibbiy xizmatlarni yanada samarali va yuqori sifatli taqdim etish imkoniyatini yaratadi. Poliklinikaning yangi ko'rinishi va qulayligi aholining tibbiy yordamga bo'lgan ehtiyojlarini qondirishda muhim ahamiyat kasb etadi. Oilaviy poliklinika faoliyatiga yangiliklar kiritilishi natijasida, aholiga tezkor va sifatli xizmat ko'rsatish imkoniyatlari oshdi.

Shuningdek, deputat joylardagi o‘rganishlari davomida mutasaddilar hamda quruvchilar bilan suhbatlashib, obyektlarni belgilangan muddatda foydalanishga topshirish, hududlarni obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish bo‘yicha tavsiyalar berdi.