Barcha yangiliklar
Kotibiyat mudiri fuqarolar bilan uchrashdi
Gallery image 95586
Gallery image 95587
Gallery image 95588
Gallery image 95589
Gallery image 95590
G‘AFFOROV SHOHZOD BAXTIYOR O‘G‘LI
20 Fev 2026
11:31

Kotibiyat mudiri fuqarolar bilan uchrashdi

Toyloq tuman Kengashi kotibiyati mudiri B. Xamrayevning hududlarda fuqarolar bilan ochiq muloqoti davom etmoqda.

Uchrashuv davomida aholi hududlrida obodonlashtirish, ariq va zovurlarni qazish va tozalash, to‘y va boshqa oilaviy marosimlarni ixcham va tartibli tashkil etish, ortiqcha isrofgarchilikka yo‘l qo‘ymaslik yuzasidan tushuntirish ishlari olib borildi.

Bundan tashqari, nogironligi bo‘lgan hamda yotodagi fuqarolar holidan xabar olish, ularni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Mahallada jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish, aholi o‘rtasida huquqiy madaniyatni oshirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar haqida ma’lumot berildi.

Chet davlatlarga ishlash uchun ketgan xotin-qizlarni vatanga qaytarish, ularning bandligini ta’minlash, yangi ish o‘rinlari yaratish hamda ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash mexanizmlari yuzasidan batafsil tushunchalar berildi.

Bizni kuzatib boring:👇

t.me/Toyloq_tuman_Kengashi