Barcha yangiliklar
Sayyor Qabul
Gallery image 95557
Gallery image 95558
Gallery image 95559
Gallery image 95560
Gallery image 95561
Gallery image 95562
XAYDAROV TULQINJON DILSHOD O‘G‘LI
04 Mar 2026
11:14

Sayyor Qabul

Joriy yilning 2-mart sanasida tuman hokimi, xalq deputatlari tuman Kengashi deputati Uchqun Yelmuratov rahbarligida Yo‘lchilar OFY hududida sayyor qabul tashkil etildi.

Sayyor qabul davomida fuqarolar tomonidan asosan ish bilan ta’minlash, ijtimoiy masalalar hamda turli murojaatlar yuzasidan taklif va muammolar tinglandi. Har bir murojaat mas’ullar ishtirokida atroflicha ko‘rib chiqilib, tegishli topshiriqlar berildi.

Qabul jarayonida og‘ir ahvolda bo‘lgan oilalardan birining farzandini davolash uchun zarur tibbiy yordam ko‘rsatish maqsadida order ajratildi.  

Shuningdek, oliy ta’lim muassasasida tahsil olayotgan yoshning kontrakt to‘lovining 50 foizini qoplab berish yuzasidan Yoshlar ishlari bo‘limiga tegishli topshiriq berildi.