Barcha yangiliklar









KOMILOV A’ZAMJON UMID O‘G‘LI
04 Mar 2026
10:43
Deputat kutubxonada
Xalq deputatlari Tuproqqal’a tumani Kengashi deputati o‘zi saylangan Muhabbat MFY hududidagi 2-son maktab kutubxonasida bo‘lib, uning faoliyati bilan yaqindan tanishdi.
Kutubxonada o‘quvchilar uchun yaratilgan sharoitlar, kitob fondi va o‘qish zali ko‘zdan kechirildi. Maktab kutubxonasi turli fanlarga oid darsliklar, badiiy adabiyotlar hamda zamonaviy nashrlar bilan boyitilgan. Deputat yoshlar o‘rtasida kitobxonlik madaniyatini oshirish muhimligini ta’kidlab, kutubxona faoliyatini yanada rivojlantirish bo‘yicha tavsiyalar berdi. Shuningdek, o‘quvchilar bilan suhbat o‘tkazilib, ularning qiziqishlari tinglandi.