Barcha yangiliklar
Tuman hokimi Ramazon oyi arafasida jome masjidlaridagi sharoitlarni o‘rgandi
Gallery image 95521
Gallery image 95522
Gallery image 95523
Gallery image 95524
G‘AFFOROV SHOHZOD BAXTIYOR O‘G‘LI
17 Fev 2026
10:44

Tuman hokimi Ramazon oyi arafasida jome masjidlaridagi sharoitlarni o‘rgandi

Tuman hokimi, tuman Kengashi deputati Behzod Raxmatullayev muborak Ramazon oyi munosabati bilan hududdagi jome masjidlarida yaratilgan shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishdi.

O‘rganish davomida mo‘min-musulmonlar uchun qulay va xavfsiz muhit yaratish, ayniqsa taroveh namozlarini munosib ado etish uchun zarur imkoniyatlarni ko‘zdan kechirishga alohida e’tibor qaratildi.
Jumladan, O‘rtaqishloq, G‘o‘lba, Obodon, Nuroniy, Bog‘izog‘on, Talliota, Sariosiyo hamda Xo‘ja Orif jome masjidlarida Ramazon oyi davomida o‘qiladigan taroveh namozlariga tayyorgarlik holati o‘rganildi. Masjidlardagi ichki va tashqi tozalik, namozxonlar uchun yaratilgan qulayliklar, shamollatish tizimi, shuningdek, xavfsizlik choralariga alohida ahamiyat qaratildi.
Shuningdek, masjidlarning tungi yoritish tizimlari ko‘zdan kechirilib, hududlarning yetarli darajada yoritilgani, elektr ta’minotining barqarorligi tahlil qilindi. Tahoratxonalardagi sanitariya-gigiyena holati, suv ta’minoti, issiq va sovuq suv tizimlarining sozligi ham batafsil o‘rganildi.
O‘rganishlar davomida aniqlangan ayrim kamchiliklar yuzasidan mas’ullarga tegishli ko‘rsatmalar berilib, ularni qisqa muddatda bartaraf etish bo‘yicha vazifalar belgilandi.