Barcha yangiliklar
Deputat e’tibori – muammolar yechimiga xizmat qiladi
Gallery image 95503
Gallery image 95504
Gallery image 95505
Gallery image 95506
PRIMOV SARVARBEK SOBIROVICH
04 Mar 2026
10:38

Deputat e’tibori – muammolar yechimiga xizmat qiladi

Xalq deputatlari Shahrisabz tumani Kengashi deputati Burxon Aliqulov o‘z saylov okrugidagi mavjud ijtimoiy muammolarni bartaraf etish borasida navbatdagi o‘rganish ishlarini olib bordi.

Deputat “Achchig‘i” MFY faollari va mahalla jamoatchiligi bilan uchrashib, hududdagi holatni ko‘zdan kechirdi. O‘rganishlar davomida mahallaning “Chaqar” qishlog‘idagi elektr tarmoqlari holati bugungi kun talablariga javob bermasligi aniqlandi.

Xususan, qishloqdagi eski va yaroqsiz simyog‘ochlar aholi xavfsizligiga jiddiy tahdid solayotgani hamda texnik xavfsizlik qoidalariga mutlaqo zid ekanligi qayd etildi.

Mazkur muammoni qisqa fursatlarda hal etish va fuqarolar xavfsizligini ta’minlash maqsadida, deputat B.Aliqulov tomonidan tuman elektr tarmoqlari korxonasiga deputatlik so‘rovi yuborildi.