Barcha yangiliklar
Saylovchilar bilan uchrashuv
Gallery image 95455
Gallery image 95456
Gallery image 95457
Gallery image 95458
Gallery image 95459
Gallery image 95460
Gallery image 95461
Gallery image 95462
Gallery image 95463
INOMJONOV LAZIZBEK SHAROFJON O‘G‘LI
03 Mar 2026
09:48

Saylovchilar bilan uchrashuv

Mazkur uchrashuv Sovungarlik mahallasi aholisi bilan ochiq va samimiy muloqot tarzida o‘tkazildi.

Uchrashuv davomida mahallada mavjud ichki yo‘llarni ta’mirlash, hududni obodonlashtirish, ko‘chalarni tartibga keltirish hamda infratuzilmani yaxshilash masalalari yuzasidan saylovchilarning taklif va murojaatlari atroflicha tinglandi. Aholi tomonidan bildirilgan fikr-mulohazalar hudud rivoji uchun muhim ekani alohida qayd etildi.

Deputat tomonidan har bir murojaat alohida nazoratga olinishi, mas’ul tashkilotlar bilan hamkorlikda bosqichma-bosqich hal etilishi ta’kidlandi. Shuningdek, hududni kompleks rivojlantirish, aholi turmush farovonligini oshirish, yoshlar bandligini ta’minlash hamda xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash masalalariga ustuvor ahamiyat qaratilishi bildirildi.

Uchrashuv yakunida saylovchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga batafsil javob oldilar. Ta’kidlanganidek, bunday ochiq muloqotlar aholi muammolarini o‘z vaqtida aniqlash, ularni tizimli ravishda bartaraf etish hamda deputatlik faoliyatining samaradorligini oshirishda muhim omil bo‘lib xizmat qiladi.