Barcha yangiliklar
Fuqarolarimiz tomonidan bildirilayotgan murojaat va takliflar doimiy e’tiborimizda.
Gallery image 95416
Gallery image 95417
Gallery image 95418
MADAMINOV SHERZODBEK KOBILJONOVICH
04 Mar 2026
08:54

Fuqarolarimiz tomonidan bildirilayotgan murojaat va takliflar doimiy e’tiborimizda.

Xalq deputatlari Bo‘ston tumani Kengashi deputati K.Axmedova o‘z saylov okrugidagi 12-umumta’lim maktabi hududidagi mavjud zovur masalasini joyida o‘rganish yuzasidan deputat so‘rovi yuborgan edi.

Mazkur murojaat asosida sohaviy mutaxassislar va mas’ul tashkilotlar vakillari hududga chiqib, holatni atroflicha ko‘zdan kechirdi. O‘rganishlar davomida zovurni gorizontal holda yopish orqali hududni obodonlashtirish va xavfsizlikni ta’minlash masalasi muhokama qilindi.

Masalani ijobiy hal etish bo‘yicha tegishli chora-tadbirlar belgilandi. Ushbu ishlarning bajarilishi deputat tomonidan nazoratga olingan.

Fuqarolarimiz tomonidan bildirilayotgan murojaat va takliflar doimiy e’tiborimizda. Hududimiz obodligi va aholi xavfsizligi — ustuvor vazifamiz.