Barcha yangiliklar
Хalq deputatlari Paxtaobod tuman Kengashi deputatlari va “Mahalla yettiligi”ning o‘zaro hamkorligi
Gallery image 9716
Gallery image 9717
Gallery image 9718
Gallery image 9719
Gallery image 9720
Gallery image 9721
Gallery image 9722
Gallery image 9723
Gallery image 9724
Gallery image 9725
Gallery image 9726
Gallery image 9727
Gallery image 9728
Gallery image 9729
Gallery image 9730
Gallery image 9731
Gallery image 9732
YUSUPOV IBRATJON ISLOMJONOVICH
08 May 2024
17:16

Хalq deputatlari Paxtaobod tuman Kengashi deputatlari va “Mahalla yettiligi”ning o‘zaro hamkorligi

          O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2024-yil 4-apreldagi KQ-706-IV-sonli qaroriga asosan, mahallalardagi muammolarni hal etishda xalq deputatlari Paxtaobod tuman Kengashi deputatlari va “Mahalla yettiligi”ning o‘zaro hamkorligini yo‘lga qo‘yish maqsadida, tuman Kengashining qarori tasdiqlanib, unga ko‘ra tuman Kengashi deputatlari tegishli saylov okruglaridagi mahallalarga biriktirildi. 

Mazkur qaror ijrosini ta’minlash maqsadida tuman Kengashi deputati A.Madumarov tomonidan "To‘raobod" mahalla fuqarolar yig‘inida “Mahalla yettiligi” vakillari ishtirokida aholi xonadonlarida, mahalla guzarlarida mahallada amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan uchrashuv o‘tkazdi. 

Bundan tashqari 19-umumta’lim maktabida bo‘lib, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 13-apreldagi “Budjet jarayonida fuqarolarning faol ishtirokini ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-5072-sonli qarori va O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2024-yil 30-yanvardagi “Tashabbusli byudjet jarayonlarini o‘tkazish hamda moliyalashtirish tartibi to‘g‘risida”gi KQ-666-IV-sonli qarorining ijrosi hamda O‘zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligining “Ochiq byudjet” axborot portali “Tashabbusli byudjet” jarayonida fuqarolar tomonidan o‘z hududidagi mavjud muammolarni bartaraf etish bo‘yicha kiritilgan takliflarining 3-bosqichi ya’ni “Ovoz berish” jarayoni yakunida “G‘olib” deb aniqlangan taklif bo‘yicha undagi shakllangan tadbirlarni moliyalashtirish bo‘yicha manzilli o‘rganildi.