Barcha yangiliklar
Doimiy komissiya  yig'ilishi
Gallery image 95409
CHORIYEVA MAXLIYO TOSHKENTBOYEVNA
04 Mar 2026
08:16

Doimiy komissiya yig'ilishi

Xalq deputatlari Angor tumani Kengashi huzuridagi Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha doimiy komissiyaning navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilishda komissiya a’zolari tomonidan hududda ijtimoiy sohani rivojlantirish, yoshlar bandligini ta’minlash, madaniy-ma’rifiy tadbirlar samaradorligini oshirish hamda sport infratuzilmasini yanada yaxshilash masalalari atroflicha muhokama qilindi. Kun tartibidagi masalalar yuzasidan mas’ul tashkilotlar faoliyati tahlil qilinib, mavjud muammolarni bartaraf etish bo‘yicha aniq taklif va tavsiyalar ishlab chiqildi. Shuningdek, amalga oshirilayotgan ishlar ustidan deputatlik nazoratini kuchaytirish, aholining murojaatlariga tezkor va samarali yechim topish yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilindi.