Barcha yangiliklar
TIBBIYOT SOHASIDAGI ISLOHOTLAR DOIMIY KOMISSIYA A’ZOLARI TOMONIDAN ATROFLICHA TAHLIL QILINDI
Gallery image 95362
Gallery image 95363
Gallery image 95364
Gallery image 95365
Gallery image 95366
Gallery image 95367
Gallery image 95368
Gallery image 95369
Gallery image 95370
TEMIROV AZIZBEK O‘KTAM O‘G‘LI
03 Mar 2026
19:24

TIBBIYOT SOHASIDAGI ISLOHOTLAR DOIMIY KOMISSIYA A’ZOLARI TOMONIDAN ATROFLICHA TAHLIL QILINDI

🏛 Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashining 2026-yil uchun tasdiqlangan ish rejasiga muvofiq, navbatdagi sessiya kun tartibiga shahar Tibbiyot birlashmasi rahbarining hisobotini eshitish masalasi kiritilgan.

📈 Mazkur masalani sessiya muhokamasiga sifatli va asoslantirilgan holda tayyorlash maqsadida shahar Kengashning Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi a’zolari tomonidan tibbiyot muassasalarida nazorat-tahlil tadbirlari o‘tkazildi.

🔍 Deputatlar tomonidan quyidagi yo‘nalishlar alohida o‘rganildi:

🔹 Sog‘liqni saqlashni rivojlantirishga oid davlat dasturlarining ijrosi;

🔹 Kasalliklar profilaktikasi va aholi o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini shakllantirish holati;

🔹 Tibbiyot muassasalarida korrupsiyaga qarshi kurashish, ochiqlik va shaffoflikni ta’minlash borasidagi amaliy ishlar;

🔹 Tibbiy xizmat sifati va muassasalarning moddiy-texnik holati.

📸 O‘rganish davomida komissiya a’zolari tibbiyot maskanlaridagi dori-darmon ta’minoti, tashxis qo‘yish jarayonlari va korrupsiyaga qarshi targ‘ibot vositalarining holati bilan yaqindan tanishdilar. Aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish va sohani rivojlantirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqildi.

✅ O‘rganish yakunlari va tahliliy ma’lumotlar xalq deputatlari Termiz shahar Kengashining navbatdagi sessiyasida keng muhokama qilinadi.