Barcha yangiliklar
“Yoshlar kuni” munosabati bilan uchrashuv o‘tkazildi
Gallery image 95130
Gallery image 95131
Gallery image 95132
Gallery image 95133
Gallery image 95134
Gallery image 95135
XAITOV AZIMJON ABDUXALILOVICH
03 Mar 2026
16:39

“Yoshlar kuni” munosabati bilan uchrashuv o‘tkazildi

Tadbirda xalq deputatlari Mirzacho‘l tuman Kengashi deputati, maktab direktori E. Ergashev, MMIBDO‘ M. Yakubov, CHQBT rahbari B. Dehqonov hamda Paxtazor ShFY Yoshlar yetakchisi N. Amanqulov ishtirok etdi.

Yig‘ilish davomida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan yoshlar bilan o‘tkazilgan uchrashuvda ilgari surilgan fikr va tashabbuslar haqida batafsil ma’lumot berildi. Yoshlar uchun yaratilayotgan keng imkoniyatlar, zamonaviy ta’lim sharoitlari, kasb-hunar o‘rganish, xorijiy tillarni egallash hamda berilayotgan imtiyozlar haqida tushuntirishlar berildi.

Shuningdek, Prezidentimiz tomonidan haftaning har payshanba kuni “Yoshlar kuni” deb e’lon qilingani alohida ta’kidlandi.

Tadbir doirasida maktab psixologi X. Mavlonova hamda 10-sinf rahbari S. Do‘stmatovalar tomonidan surunkali dars qoldiruvchi o‘quvchilar — O. Dadajonova va 4-sinf o‘quvchisi Xasanboyeva Shahrizodaning xonadoniga borilib, ota-onalari bilan individual suhbat o‘tkazildi.