Barcha yangiliklar
Gʻallaorol tumanida deputatlar ishtirokida “Yashil makon” loyihasi doirasida koʻchat ekish aksiyasi oʻtkazildi
Gallery image 95084
Gallery image 95085
Gallery image 95086
Gallery image 95087
Gallery image 95088
Gallery image 95089
MAXMUDOV SORDOR ASHUROVICH
03 Mar 2026
16:17

Gʻallaorol tumanida deputatlar ishtirokida “Yashil makon” loyihasi doirasida koʻchat ekish aksiyasi oʻtkazildi

Gʻallaorol tumanida deputatlar ishtirokida “Yashil makon” loyihasi doirasida koʻchat ekish aksiyasi oʻtkazildi

Gʻallaorol tuman Kengashi deputatlari tashabbusi bilan tumanda “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida keng koʻlamli koʻchat ekish aksiyasi tashkil etildi. 

Mazkur tadbir atrof-muhitni muhofaza qilish, hududni obodonlashtirish hamda kelajak avlod uchun yanada sogʻlom ekologik muhit yaratishga qaratilgani bilan ahamiyatlidir. 

“Yashil makon” loyihasi mamlakatimizda ekologik barqarorlikni taʼminlash, iqlim oʻzgarishining salbiy oqibatlarini kamaytirish va yashil hududlar ulushini oshirishga xizmat qilmoqda. 

Tadbir davomida mutaxassislar tomonidan koʻchatlarni toʻgʻri ekish va parvarishlash boʻyicha tavsiyalar berildi. Ekilgan har bir niholning kelgusida sogʻlom va baquvvat daraxt boʻlib voyaga yetishi uchun muntazam parvarish ishlari olib borilishi taʼkidlandi.