Barcha yangiliklar
#Deputat bitiruvchilar bilan uchrashdi#
Gallery image 95052
Gallery image 95053
Gallery image 95054
Gallery image 95055
SALIBAYEVA MALOXAT MIRADILAYEVNA
03 Mar 2026
16:03

#Deputat bitiruvchilar bilan uchrashdi#

Xalq deputatlari Andijon viloyat Kengashi deputati O. Nosirov bugun 27-umumta’lim maktabida bitiruvchi sinf o‘quvchilari bilan samimiy va mazmunli uchrashuv o‘tkazdi. Uchrashuv davomida yoshlarning kelajakdagi orzu-umidlari, hayotiy maqsadlari hamda tanlayotgan kasblari haqida atroflicha suhbatlashildi.Deputat o‘z nutqida mamlakatimizda yoshlar uchun yaratilayotgan imkoniyatlar, ta’lim sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar hamda yoshlarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan davlat dasturlari haqida ma’lumot berdi. Shuningdek, bitiruvchilarni yuksak maqsadlar sari intiluvchan, bilimli va vatanparvar bo‘lishga chaqirdi. Tadbir so‘ngida bitiruvchilarga ezgu tilaklar bildirilib, ularning har biri kelajakda yurtimiz taraqqiyotiga munosib hissa qo‘shishiga ishonch bildirildi.