Barcha yangiliklar
Hududdagi ishlab chiqarish korxonalari va ijtimoiy masalalar o‘rganildi
Gallery image 94973
Gallery image 94974
Gallery image 94975
Gallery image 94976
Gallery image 94977
Gallery image 94978
Gallery image 94979
Gallery image 94980
Gallery image 94981
Gallery image 94982
Gallery image 94983
Gallery image 94984
XAYDAROV ABDUG‘ANI ABDUSAMIYEVICH
03 Mar 2026
12:39

Hududdagi ishlab chiqarish korxonalari va ijtimoiy masalalar o‘rganildi

 Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Z. Raximov hamda xalq deputatlari mahalliy Kengash deputatlari D. Akbarov, B. Raximov, Sh.
To‘xtasinovalar hamrohligida hududdagi bir qator ishlab chiqarish korxonalari faoliyati o‘rganildi. 

O‘rganishlar davomida korxonalarda ishlab chiqarish hajmi, yaratilgan yangi ish o‘rinlari, mehnat sharoitlari hamda mahsulotlar sifat
ko‘rsatkichlari tahlil qilindi.  

Shuningdek, mahalladagi jismoniy va yuridik shaxslar murojaatlari holati o‘rganilib, ayrim masalalar joyida hal etildi, tegishli mutasaddilarga
aniq topshiriqlar berildi. 

Dehqon bozorida oziq-ovqat mahsulotlari narx-navosining barqarorligi, talab va taklif muvozanati hamda sanitariya holati ham ko‘zdan kechirildi.
Asosiy turdagi mahsulotlar narxlari monitoring qilinib, sun’iy oshirish holatlarining oldini olish yuzasidan tavsiyalar berildi. O‘rganishlar yakunida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish hamda aholi farovonligini oshirishga qaratilgan chora-tadbirlar belgilab olindi.