Barcha yangiliklar
Янгилик
Gallery image 94966
Gallery image 94967
Gallery image 94968
Gallery image 94969
Gallery image 94970
Gallery image 94971
Gallery image 94972
KURBANOV MANSURJON KOMILJON UG‘LI
03 Mar 2026
14:44

Янгилик

Аҳоли мурожаатлари учун депутат қабули ташкил этилди.

Joriy yilning 3-mart kuni Namangan tuman 3-Mullakuding saylov okrugi deputati Sh.Turdiyev tomonidan “Deputat va saylovchilar” uchrashuvi Mullakuding mahallasida aholi bilan sayyor qabul o‘tkazildi. Muloqot jarayonida saylovchilar o‘zlarini qiziqtirgan masalalar, jumladan, infratuzilmani yaxshilash, kommunal xizmatlar sifatini oshirish, yo‘llar ta’miri, bandlik va ijtimoiy himoyaga doir muammolar yuzasidan fikr-mulohazalarini bildirdilar. Barcha murojaatlar diqqat bilan tinglanib, ayrim masalalar bo‘yicha joyida tushuntirishlar berildi, hal etish talab etilgan muammolar tegishli tartibda nazoratga olindi.

Uchrashuv ochiq va samimiy ruhda o‘tdi. Deputat saylovchilar bilan doimiy muloqotni yo‘lga qo‘yish, aholini o‘ylantirayotgan muammolarni tizimli hal etish borasidagi ishlar izchil davom ettirilishini ta’kidladi.

Xalq deputatlari Namangan tumani Kengashi matbuoti xizmati