Barcha yangiliklar
Deputat axborot berdi
Gallery image 94946
Gallery image 94947
Gallery image 94948
Gallery image 94949
Gallery image 94950
Gallery image 94951
Gallery image 94952
Gallery image 94953
Gallery image 94954
Gallery image 94955
Gallery image 94956
Gallery image 94957
Gallery image 94958
Gallery image 94959
MIRZAYEV DILSHOD RUXUTDIN O‘G‘LI
03 Mar 2026
14:32

Deputat axborot berdi

 O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2025-yil 14-yanvardagi “Hududlarni rivojlantirish hamda aholi muammolarini hal etishda mahalliy Kengashlar deputatlari va senatorlarning “mahalla yettiligi” bilan o‘zaro hamkorligini yanada kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi KQ-35-V-sonli qarori ijrosini ta’minlash maqsadida joylarda tizimli ishlar amalga oshirilmoqda. Mazkur qaror ijrosi yuzasidan Xalq deputatlari Parkent tuman Kengashi deputatlarining tuman hokimligi mas’ul rahbarlari bilan hamkorlikda saylangan okruglarda o‘tkaziladigan uchrashuvlar reja-jadvaliga muvofiq, tuman Kengashiga 4-Bo‘ston saylov okrugidan saylangan deputat Usipxodjayev Yerlan Ormanovich o‘z okrugidagi saylovchilar bilan uchrashuv o‘tkazdi. Uchrashuv davomida deputat saylov okrugi tarkibiga kiruvchi mahalla fuqarolar yig‘inlarida 2025-yil davomida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan axborot berdi. Jumladan, hududni obodonlashtirish, ijtimoiy infratuzilmani yaxshilash hamda aholi murojaatlari asosida amalga oshirilgan ishlar haqida ma’lumot taqdim etildi. Tadbirda tuman Kengashi kotibiyati mudiri Berdiqulova Mavluda Tojiddinovna hamda tegishli kommunal soha tashkilotlari mutasaddilari ishtirok etdi. Uchrashuv yakunida aholi tomonidan ko‘tarilgan mahalladagi yechimini kutayotgan masalalar atroflicha muhokama qilinib, ularni bartaraf etish yuzasidan zarur chora-tadbirlar rejasi belgilab olindi.