Barcha yangiliklar
Xalq deputatlari  shahar Kengashining Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Gallery image 94915
Gallery image 94916
Gallery image 94917
Gallery image 94918
AKBAROVA NARGIZAXON QAXXOROVNA
03 Mar 2026
13:43

Xalq deputatlari shahar Kengashining Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilishda Inson ijtimoiy xizmatlari markazi rahbari o‘rinbosarining hisoboti eshitildi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, 2025-yilda shaharda jami 65 252 ta oila mavjud bo‘lib, shundan kam ta’minlangan oilalar uchun bolalar nafaqasi va moddiy yordam oluvchi oilalar soni 6 041 tani (9,2 foiz) tashkil etmoqda. Ushbu yo‘nalishga yo‘naltirilayotgan mablag‘ 3 082,6 mln so‘mni tashkil qiladi.

Shuningdek, ning 2025-yil 26-dekabrdagi “Ijtimoiy himoyaga muhtoj aholi qatlamlariga davlat ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash choralarini taqdim etish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-258-sonli farmoniga muvofiq, endilikda ikki reestr birlashtirilib, “Ijtimoiy reestr” joriy etiladi.

Mazkur reestrga kiritilgan oilalar uch toifaga ajratiladi:

🔹 “Davlat ta’minotidagi oilalar”

🔹 “Kambag‘al oilalar”

🔹 “Kambag‘allik chegarasidagi oilalar”