Barcha yangiliklar
Xalq deputatlari Paxtakor tuman Kengashi deputati mahallada fuqarolar bilan uchrashdi
Gallery image 94889
Gallery image 94890
Gallery image 94891
Gallery image 94892
Gallery image 94893
Gallery image 94894
Gallery image 94895
Gallery image 94896
Gallery image 94897
ORTIQBOYEV RUSTAM ZAYNIDDIN O‘G‘LI
03 Mar 2026
13:22

Xalq deputatlari Paxtakor tuman Kengashi deputati mahallada fuqarolar bilan uchrashdi

Xalq deputatlari Paxtakor tuman Kengashi deputati mahallada fuqarolar bilan uchrashdi

Paxtakor tumanidagi “Toshkent” mahalla idorasida Xalq deputatlari Paxtakor tuman Kengashi deputati Shoxxasan Suvonqulov ishtirokida fuqarolar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi. Uchrashuvda mahalla faollari hamda tegishli tashkilot hodimlari qatnashib, hududda mavjud masalalar yuzasidan aholi bilan bevosita suhbat olib borildi.

Tadbir davomida mahallani ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, ko‘p qavatli uylarda elektr energiyasi va tabiiy gazning barqarorligi va boshqa masalalar atroflicha muhokama qilindi.

Deputat tomonidan bildirilgan murojaatlar amaldagi qonunchilik doirasida ko‘rib chiqilib, ayrim masalalar yuzasidan joyida tushuntirishlar berildi, qo‘shimcha o‘rganishni talab qiladigan murojaatlar esa nazoratga olindi.

Mazkur uchrashuv fuqarolar bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqotni yo‘lga qo‘yish, mahalladagi dolzarb muammolarni aniqlash va ularni tizimli ravishda hal etishga qaratilgani bilan ahamiyatli bo‘ldi.