Barcha yangiliklar
Xalq deputatlari Mirzaobod tumani Kengashi kotibiyati
Gallery image 94888
BOSIMOV SARDOR ZOKIR O‘G‘LI
03 Mar 2026
13:15

Xalq deputatlari Mirzaobod tumani Kengashi kotibiyati

Tuman Kengashi deputati Mavluda Altmishevaning navbatdagi saylovchilar bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Muloqot ochiq savol-javob tarzida tashkil etilib, aholi tomonidan bildirilgan taklif va murojaatlar atroflicha muhokama qilindi.

✅ Uchrashuv davomida Bog‘iston ko‘chasining asfalt qoplamasi yomonlashgani, yo‘lning ayrim joylari yemirilib ketgani hamda yog‘ingarchilik paytida harakatlanish qiyinlashayotgani ta’kidlandi. 

✅ Shuningdek, maktabda sport inshootlari yetishmasligi — 460 nafar o‘quvchi tahsil olayotgan ta’lim muassasasida sport zalining mavjud emasligi masalasi ham ko‘tarildi. 

✅ Deputat ushbu muammoni hal etish maqsadida zamonaviy sport zali yoki yopiq sport inshooti qurish tashabbusini ilgari surdi.

🔍 Uchrashuv yakunida bildirilgan barcha murojaatlar nazoratga olinishi, tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda muammolarni bosqichma-bosqich bartaraf etish choralarini ko‘rish bo‘yicha kelishib olindi. Deputat aholi bilan doimiy muloqotni davom ettirish, hududni obodonlashtirish va ijtimoiy infratuzilmani yaxshilash ustuvor vazifa bo‘lib qolishini ta’kidladi.