Barcha yangiliklar
“Hokim yordamchilari tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligi o‘rganildi”
Gallery image 94848
Gallery image 94849
Gallery image 94850
Gallery image 94851
Gallery image 94852
YUNUSOVA ZUXRA ASLIYEVNA
03 Mar 2026
12:21

“Hokim yordamchilari tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligi o‘rganildi”

 Xalq deputatlari Guliston tuman Kengashining 17-Zarbdor saylov okrugidan deputat R.Eshbekov tomonidan “Zarbdor” mahalla fuqarolar yig‘ini hokim yordamchisining faoliyati manzilli o‘rganildi. 

O‘rganish davomida hududda aholini kambag‘allikdan chiqarish, yangi ish o‘rinlari yaratish,
tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash, fuqarolarning daromad manbalarini kengaytirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar atroflicha manzilli o‘rganildi. 

Kambag‘allik reyetsriga kiritilgan oilalar “Al-Buxoriy” ko‘chasi 35-uyda yashovchi U.Islomova kredit olib savdo markazi ochib o‘zini-o‘zi band qilganligi,” Murabbiy” ko‘chasi 48-uyda yashovchi G.Qo‘ldosheva kredit olib chorvachilikni rivojlantirib kambag‘allik reyestridan chiqarilganligi o‘rganildi. Ish samaradorligini yanada oshirish, mavjud kamchiliklarni bartaraf etish va aholi farovonligini ta’minlashga qaratilgan tegishli tavsiyalar berildi.