Barcha yangiliklar
DEPUTAT SO'ROVI
Gallery image 94632
Gallery image 94633
Gallery image 94634
Gallery image 94635
TO‘RAYEV HUSAN KUSHMAMAT O‘G‘LI
02 Mar 2026
21:26

DEPUTAT SO'ROVI

Xalq deputatlari Zarbdor tuman Kengashining 17-Yoshlik saylov okrugi deputati F.Xojimurotov tomonidan hududdagi ijtimoiy infratuzilma, xususan elektr ta’minoti tizimi holatini o‘rganish natijalari yuzasidan deputat so‘rovi yuborildi. O‘rganish jarayonida Zarbdor tumani “Yoshlik” MFY hududidagi Nizomiy ko‘chasida (1 ta), Amudaryo ko‘chasida (2 ta) hamda Olchazor ko‘chasida (1 ta) joylashgan jami 4 ta transformator punktining texnik holati qoniqarsiz ekani aniqlandi. Xususan, ochiq tok o‘tkazuvchi qismlar mavjudligi, qo‘lbola “skrutka” ulanishlari, eskirgan va kuygan predoxranitel (sug‘urta) moslamalari, izolyatsiyasi shikastlangan kabellar hamda qisqa tutashuv izlari kuzatildi.
Mazkur kamchiliklarni bartaraf etish maqsadida transformator punktlarini zudlik bilan to‘liq texnik ko‘rikdan o‘tkazish, nosoz elementlarni almashtirish hamda elektr va yong‘in xavfsizligi talablariga muvofiq rekonstruksiya ishlarini amalga oshirish yuzasidan tegishli tashkilotlarga deputat so‘rovi kiritildi.
Masala deputatlik nazoratiga olindi.