Barcha yangiliklar
Yangiobodda sport sohasi masalalari muhokama qilindi.
Gallery image 94620
Gallery image 94621
Gallery image 94622
Gallery image 94623
Gallery image 94624
Gallery image 94625
Gallery image 94626
Gallery image 94627
ISAYEV SARDORJON KARIMJON O‘G‘LI
02 Mar 2026
20:09

Yangiobodda sport sohasi masalalari muhokama qilindi.

Xalq deputatlari Yangiobod tuman Kengashi deputati, tuman hokimi I.Qarshiboyev, Xalq deputatlari Yangiobod tumani Kengashi raisi X.Tilakov hamda tuman prokurori Sh. Salimov ishtirokida Yangiobod tuman Sport maktabida yosh sportchilar va murabbiylar bilan uchrashuv o‘tkazildi.

Uchrashuv davomida sport maktabida erishilgan natijalar, turli musobaqalardagi yutuqlar va yoshlar o‘rtasida sportni ommalashtirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar muhokama qilindi. Shu bilan birga, aniqlangan kamchiliklar tanqidiy-tahliliy ruhda ko‘rib chiqilib, ularni bartaraf etish bo‘yicha aniq vazifalar belgilab olindi.

Mas’ullar tomonidan sport infratuzilmasini yanada yaxshilash, murabbiylar faoliyatini qo‘llab-quvvatlash hamda iqtidorli yoshlarni rag‘batlantirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.