Barcha yangiliklar
"Pedagog maqomi to‘g‘risida"gi Qonun ijrosi nazoratda
Gallery image 94590
Gallery image 94591
Gallery image 94592
TURAYEV ELDOR MAXMUDOVICH
02 Mar 2026
17:37

"Pedagog maqomi to‘g‘risida"gi Qonun ijrosi nazoratda

Xalq deputatlari Pastdarg‘om tuman Kengashi deputati X.Turdiyev tomonidan tumandagi 51-maktab jamoasi o‘rtasida “Pedagog maqomi to‘g‘risida”gi Qonun bo‘yicha tushunchalar berildi. Shuningdek, tuman Maktabgacha va Maktab Ta’limi bo‘limida Qonunning amaliy ijrosi o‘rganilib, uning maktablar va pedagoglar faoliyatiga ta’siri muhokama qilindi.

Mazkur tashabbus bilan pedagoglar huquq va majburiyatlari, shuningdek, ta’lim tizimida ularning maqomi yanada mustahkamlanishi ko‘zda tutilgan. Muloqot davomida savol-javoblar olib borilib, Qonunning hayotga tatbiq etilishi yuzasidan dolzarb masalalar muhokama qilindi.