Barcha yangiliklar
Nafosat ko‘chasidagi elektr simyog‘ochlari masalasida deputatlik so‘rovi chiqarish rejalashtirildi.
Gallery image 94580
Gallery image 94581
Gallery image 94582
TURAYEV ELDOR MAXMUDOVICH
02 Mar 2026
17:32

Nafosat ko‘chasidagi elektr simyog‘ochlari masalasida deputatlik so‘rovi chiqarish rejalashtirildi.

Sanchiqul MFY hududida yashovchi fuqaro Eshboboyev Jamol tomonidan Nafosat ko'chasidagi elektr simyog‘ochlarining chiriganligi, ularni beton tayanchlarga almashtirish zarurligi hamda kuchli shamol va yomg‘ir paytida yiqilib ketish xavfi mavjudligi yuzasidan murojaat bildirildi.

Murojaat asosida xalq deputatlari Pastdarg‘om tuman Kengashi deputati D.Jabborova tomonidan holat joyiga chiqib o‘rganildi. O‘rganish jarayonida simyog‘ochlar yiqilib ketmasligi uchun yerga simlar orqali qo‘shimcha ravishda mahkamlab qo‘yilgani aniqlandi. Mazkur choralar vaqtinchalik xavfsizlikni ta’minlashga qaratilgan bo‘lsa-da, mavjud holatni tubdan hal etish zarurligi qayd etildi.

Hudud aholisi xavfsizligini ta’minlash maqsadida eskirgan yog‘och simyog‘ochlarni beton tayanchlarga almashtirish yyzasidan tegishli tashkilotga deputatlik so‘rovi chiqarish rejalashtirildi. Masala ijrosi nazoratga olinadi.