Barcha yangiliklar
Durmonsoy mahallasida  Qonun targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi
Gallery image 94572
Gallery image 94573
Gallery image 94574
TURAYEV ELDOR MAXMUDOVICH
02 Mar 2026
17:28

Durmonsoy mahallasida Qonun targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi

Deputat tomonidan qonunlar targ‘ibotini olib borish va ularning ijrosini ta’minlashni nazoratga olish muhim vazifalardan biri hisoblanadi. Shu maqsadda O‘zbekiston Respublikasining “Davlat mulkini xususiylashtirish to‘g‘risida”gi Qonuni mazmun-mohiyati yuzasidan targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi.

Tadbir davomida xalq deputatlari Pastdarg‘om tuman Kengashi deputati O‘. Shukurov mazkur qonun ahamiyati, asosiy maqsadi va vazifalarini tushuntirib berdi. 

Xususan, davlat mulkini ochiqlik va shaffoflik tamoyillari asosida xususiy sektorga o‘tkazish, tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash, yangi ish o‘rini yaratish hamda iqtisodiy samaradorlikni oshirish kabi masalaga to‘xtalib o‘tdi.

Uchrashuv davomida fuqarolar savollarga javob oldilar, qonun ijrosini ta’minlash va joyda uning samarali amalga oshirilishi yuzasidan fikr-mulohaza bildirildi.

Qonun mazmun-mohiyatini aholiga yetkazish, huquqiy ong va madaniyatni oshirish – bugungi kunning dolzarb vazifalaridan biridir.