Barcha yangiliklar
Madaniyat muassasalari faoliyati o‘rganildi
Gallery image 94571
ABRAXMATOV NAJMIDDIN ABDURAXMON O‘G‘LI
25 Fev 2026
17:28

Madaniyat muassasalari faoliyati o‘rganildi

Xalq deputatlari tuman Kengashi deputatlari S.Jalilov, B.Fayziyevlar tomonidan aholiga madaniy xizmat ko‘rsatish sifatini oshirish, yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish hamda milliy qadriyatlarimizni keng targ‘ib qilish maqsadida madaniyat muassasalari faoliyati o‘rganildi.

O‘rganish jarayonida madaniyat markazi, kutubxonalar va san’at to‘garaklarida yaratilgan shart-sharoitlar, to‘garaklar faoliyati, moddiy-texnik baza hamda tashrif buyuruvchilar uchun qulayliklar ko‘zdan kechirildi. 

Shuningdek, muassasalarda olib borilayotgan ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar, yoshlar ishtirokini oshirish borasidagi ishlar tahlil qilindi.