Barcha yangiliklar
O‘rganish ishlari amalga oshirildi
Gallery image 94521
Gallery image 94522
Gallery image 94523
Gallery image 94524
Gallery image 94525
Gallery image 94526
Gallery image 94527
Gallery image 94528
Gallery image 94529
TO‘XTASINOV MUZAFFARJON MUXTORJON O‘G‘LI
27 Fev 2026
17:04

O‘rganish ishlari amalga oshirildi

 O‘rganish ishlari amalga oshirildi 

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputati
M.Salimova hamda xalq deputatlari Quva tuman Kengashi deputatlari tumandagi Guliston
mahalla fuqarolar yig‘inidagi “Tomorqa yer uchastkalarini rivojlantirish ilmiy-amaliy
markazi” faoliyati bilan tanishdilar. 

Markaz mas’ullari deputatlarga aholi tomorqalaridan unumli foydalanish,
intensiv usullarda ekin yetishtirish, agrotexnik maslahatlar berish borasida amalga
oshirilayotgan ishlar va olib borilayotgan izlanishlar haqida batafsil ma’lumot
berdilar. 

Deputatlar shuningdek, Guliston, Namuna, Yangichek, Qoraqum,
Baynalminal mahalla fuqarolar yig‘inlarida aholi tomonidan ko‘chatchilikni rivojlantirish,
tomorqa yerlaridan samarali foydalanish, qo‘shimcha daromad manbalarini yaratish,
yetishtirilgan ko‘chatlarni bozorga chiqarish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar
bilan ham tanishdilar. 

Deputatlar tomonidan ushbu yo‘nalishdagi tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlash,
shu kabi ishlarni joriy etilishini tumanning boshqa hududlarida ham targ‘ib qilish,
tomorqadan unumli foydalanish zarurligi ta’kidlandi.