Barcha yangiliklar
Xalq deputatlari Quvasoy shahar Kengashi deputati
Gallery image 94513
Gallery image 94514
Gallery image 94515
Gallery image 94516
Gallery image 94517
Gallery image 94518
Gallery image 94519
Gallery image 94520
QAXOROV ILHOMJON MIRSHAVKATOVICH
02 Mar 2026
17:01

Xalq deputatlari Quvasoy shahar Kengashi deputati

Deputat so‘rovi natijasi: Quvasoyda imkoniyati cheklangan fuqaroga amaliy yordam ko‘rsatildi

Quvasoy shahri Ziynat mahallasida yashovchi, I guruh nogironi — Daun sindromi bilan ro‘yxatda turuvchi hamda mustaqil harakatlanish imkoniyati cheklangan Mo‘minova Mushtariyga amaliy yordam ko‘rsatildi.

Fuqaroning murojaati va mavjud holatidan kelib chiqib, deputat Aleksandr Kim tomonidan yuborilgan deputat so‘rovi asosida nogironlik aravachasi olib berildi.

Nogironlik aravachasi Xalq deputatlari shahar Kengashi kotibiyat mudiri Asilbek Nazirov, deputat Aleksandr Kim va Xalq demokratik partiyasi shahar Kengashi raisi Nigora Sabodinova tomonidan topshirildi. Mazkur yordam imkoniyati cheklangan fuqaroning erkin harakatlanishi, kundalik turmushini yengillashtirishi hamda ijtimoiy hayotda faolroq ishtirok etishiga xizmat qiladi.

Inson qadri ulug‘langan yurtimizda har bir murojaat e’tiborda, har bir fuqaro g‘amxo‘rlik markazida.