Barcha yangiliklar
Doimiy komissiya yig‘ilishi o‘tkazildi
Gallery image 94490
Gallery image 94491
Gallery image 94492
Gallery image 94493
Gallery image 94494
Gallery image 94495
Gallery image 94496
TO‘XTASINOV MUZAFFARJON MUXTORJON O‘G‘LI
26 Fev 2026
16:55

Doimiy komissiya yig‘ilishi o‘tkazildi

 Doimiy komissiya yig‘ilishi o‘tkazildi 

Xalq deputatlari
Quva tuman Kengashining “Korrupsiyaga qarshi kurashish va xavfsizlik masalalari
bo‘yicha” doimiy komissiyasi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. 

Yig‘ilishda
komissiya a’zolari, deputatlar, tegishli sohalar rahbarlari, mutaxassislar, shuningdek,
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputati M.Salimova ishtirok
etib, kun tartibidagi masala yuzasidan fikr-mulohazalarini bildirdilar. 

Doimiy komissiya
yig‘ilishi kun tartibida: “Sohada korrupsiyaviy holatlarni oldini olish bo‘yicha
olib borilayotgan ishlar to‘g‘risida” “Quvatumangaz” bo‘limi boshlig‘ining o‘rinbosari
S.Olimov hamda Kadastr agentligi Quva tuman bo‘limi boshlig‘i X.Qurbonovlarning
hisobotlari eshitildi.  

Yig‘ilish davomida
komissiya a’zolari tomonidan tinglangan hisobotlar, yig‘ilgan materiallar yuzasidan
mas’ullarga qator taklif va tavsiyalar bildirildi. Shuningdek, belgilangan vazifalarning
o‘z vaqtida va sifatli bajarilishi yuzasidan aniq chora-tadbirlar yuklandi.