Barcha yangiliklar
Saylovchilar bilan uchrashuv o‘tkazildi
Gallery image 94466
Gallery image 94467
KURGANOVA NILUFAR RAXIMJANOVNA
02 Mar 2026
16:42

Saylovchilar bilan uchrashuv o‘tkazildi

🔹O‘zbekiston Respublikasining “Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashi deputatining maqomi to‘g‘risida”gi Qonunining 7-moddasiga muvofiq xalq deputatlari Bo‘stonliq tumani Kengashi deputati N.Nadirova tumanning “Yangiqo‘rg‘on” mahallasida fuqarolar qabulini o‘tkazdi.

🔹Uchrashuvda fuqarolar tomonidan ichki yo‘llarni ta’mirlash, maishiy chiqindilarni olib chiqib ketish ishlaridagi va boshqa ijtimoiy muammolar yuzasidan murojaatlar qilindi.

🔹Aholini qiynab kelayotgan muammolar yechimi yuzasidan aniq chora-tadbirlar belgilab olindi.