Barcha yangiliklar
Tumanda investitsiya loyihalarni amalga oshirish ishlari o‘rganildi
Gallery image 94438
Gallery image 94439
Gallery image 94440
Gallery image 94441
Gallery image 94442
Gallery image 94443
Gallery image 94444
Gallery image 94445
KURGANOVA NILUFAR RAXIMJANOVNA
27 Fev 2026
16:22

Tumanda investitsiya loyihalarni amalga oshirish ishlari o‘rganildi

🔹Xalq deputatlari Bo‘stonliq tumani Kengashining 2026-yilga mo‘ljallangan ish rejasiga muvofiq tumanda investitsiya loyihalar bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar xalq deputatlari Bo‘stonliq tumani Kengashi raisi O.Babayev, Mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari bo‘yicha doimiy komissiya raisi o‘rinbosari M.Ashurov hamda kotibiyat xodimlari tomonlaridan joylarga chiqqan holda o‘rganildi.

🔹O‘rganish davomida tumanning “Kichiksoy” mahallasi hududida “Qodirxo‘ja-Nosirbek” MChJ tomonidan dam olish oromgohini tashkil etish loyihasi o‘rganildi. Loyihaning umumiy qiymati 2,0 mln. dollar bo‘lib, 200 o‘ringa mo‘ljallangan dam olish obyektlarini tashkil etish hamda 50 ta yangi ish o‘rinlarini yaratish rejalashtirilgan. Loyihaning ishga tushish muddati 2026-yil avgust oyi etib belgilangan.

Shuningdek, tumanning “Oqtosh” hududida”Mountain View Village” MChJ tomonidan tashkil etilayotgan “Oqtosh Avenyu” 240 o‘rinli turistik majmuasi loyihasi o‘rganilganda, loyihaning umumiy qiymati 1,3 mln. dollar bo‘lib, 25 ta yangi ish o‘rinlari yaratilishi rejalashtirilgan. Loyihaning ishga tushish muddati 2027-yil fevral oyi belgilangan.

🔹Deputatlar tomonidan investitsiya loyihalarni o‘rganish ishlari davom ettirilmoqda.