Barcha yangiliklar
5-umumta’lim maktabida keng ko‘lamli rekonstruksiya ishlari yakunlanish arafasida
Gallery image 94359
Gallery image 94360
Gallery image 94361
Gallery image 94362
Gallery image 94363
Gallery image 94364
Gallery image 94365
JUMAYEV ADXAMJON AKRAMOVICH
02 Mar 2026
15:24

5-umumta’lim maktabida keng ko‘lamli rekonstruksiya ishlari yakunlanish arafasida

 5-umumta’lim maktabida keng ko‘lamli rekonstruksiya ishlari yakunlanish arafasida 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 24-dekabrdagi "2025 — 2027 yillarda O‘zbekiston Respublikasining ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi PQ-454-sonli Qaroriga muvofiq tumandagi 5-umumta’lim maktabida 9 mlrd. 240 mln. so‘m mablag‘ evaziga rekonstruksiya ishlar amalga oshirilmoqda. Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati R.Shukurov va tuman Kengashi deputati A.Yursunovlar ta’mirlash va qurilish ishlarining sifatini o‘rgandilar. Ayni kunlarda ishlar yakuniga yetish arafasida. Sun’iy qoplamali futbol maydonini qurish ishlari davom etmoqda. Deputatlar quruvchi va ta’minotchilar hamda maktab ma’muriyati bilan suhbatlashib, tegishli tavsiyalar berdilar.