Barcha yangiliklar
Xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashi
Gallery image 94292
Gallery image 94293
Gallery image 94294
Gallery image 94295
Gallery image 94296
SUVANKULOV SHOXZAMON SHUXRAT O‘G‘LI
02 Mar 2026
14:48

Xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashi

Mazkur uchrashuvda tuman Kengashi deputati Akrom Bo‘tayev, mahalla yettiligi a’zolari, tuman Ichki ishlar bo‘limi xodimlari hamda sohaga mas’ul tashkilot vakillari ishtirok etdilar.

Uchrashuv davomida mahalla infratuzilmasini yanada yaxshilash, hududdagi mavjud muammolarni aniqlash va ularni bartaraf etish choralari muhokama qilindi. Xususan, yoshlar o‘rtasida jinoyatchilikning oldini olish, profilaktik tadbirlarni kuchaytirish, bo‘sh vaqtni mazmunli tashkil etish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

️Shuningdek, ota-onalarning farzandlar tarbiyasidagi mas’uliyati, yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ularni turli salbiy ta’sirlardan asrash borasida fikr almashildi.

Deputat tomonidan ko‘tarilgan masalalar ijrosi nazoratga olinib, aholi bilan ochiq va konstruktiv muloqotni davom ettirish muhimligi ta’kidlandi.