Barcha yangiliklar
Bitiruvchi yoshlar bilan ochiq muloqot
Gallery image 94280
Gallery image 94281
Gallery image 94282
Gallery image 94283
Gallery image 94284
Gallery image 94285
Gallery image 94286
Gallery image 94287
JUMAYEV ADXAMJON AKRAMOVICH
02 Mar 2026
14:38

Bitiruvchi yoshlar bilan ochiq muloqot

 Bitiruvchi yoshlar bilan ochiq muloqot 

Oltiariq tuman hokimi Sh.Turdaliyev mutasaddi rahbarlar bilan birgalikda MMTB tasarrufidagi 3- hamda 6-umumta’lim maktablarining bitiruvchi yoshlari bilan ochiq muloqot o‘tkazdi. Uchrashuvda tuman hokimi Sh.Turdaliyev, tuman prokurori R.Tillayev va Xalq deputatlari tuman Kengashi raisi, O‘zbekiston Respublikasi Xalq o‘qituvchisi X.Raximovlar tomonidan davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyevning yoshlar masalalariga
qaratilgan tashabbus va islohotlari haqida atroflicha fikr yuritildi
Jumladan, yoshlarni ilm-fan, zamonaviy ilg‘or texnologiyalar, sun’iy intellekt, biznes, adabiyot, san’at va sport sohalariga keng jalb etish, ularni kasb-hunarga yo‘naltirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar xususida ma’lumotlar berildi. Muloqot davomida yoshlarning tashabbus, taklif va murojaatlari o‘rganilib, ularni tegishli tartibda ko‘rib chiqish va qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha aniq chora-tadbirlar belgilab olindi.