Barcha yangiliklar
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi deputati O‘.Omonov tomonidan Do‘stlik mahallasida aholi bilan uchrashuv o‘tkazildi.
Gallery image 94138
JAZILOV NURISLOM KABILJONOVICH
02 Mar 2026
11:27

Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi deputati O‘.Omonov tomonidan Do‘stlik mahallasida aholi bilan uchrashuv o‘tkazildi.

#Deputatlar_faoliyati

“Xalq bilan ochiq muloqot – hudud muammolariga amaliy yechim: Do‘stlik mahallasida deputat tashabbusi”

Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi deputati O‘.Omonov tomonidan Do‘stlik mahallasida aholi bilan uchrashuv o‘tkazildi.

Uchrashuv davomida fuqarolarni qiynab kelayotgan bir qator dolzarb masalalar muhokama qilindi. Jumladan, mahalla ichki yo‘llarini shag‘allashtirish, suyultirilgan gaz ballonlari bilan ta’minlashdagi muammolar hamda boshqa ijtimoiy masalalar yuzasidan taklif va murojaatlar tinglandi.

Deputat tomonidan ko‘tarilgan masalalarni tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda hal etish bo‘yicha choralar ko‘rilishi ta’kidlandi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:

Telegram (https://t.me/Payariqkengashkotibiyati) | Veb-Sayt| (https://kengash.gov.uz/news?region_id=7&authority_id=377)