Barcha yangiliklar
Xalq deputatlari Quva tumani Kengashining navbatdagi sessiyasi o‘tkazildi
Gallery image 9546
Gallery image 9547
Gallery image 9548
Gallery image 9549
Gallery image 9550
Gallery image 9551
Gallery image 9552
Gallery image 9553
Gallery image 9554
XOLMATOV MAKSADBEK MARUFOVICH
25 Apr 2024
00:00

Xalq deputatlari Quva tumani Kengashining navbatdagi sessiyasi o‘tkazildi

Xalq deputatlari Quva tumani Kengashining navbatdagi oltinchi chaqiriq oltmish ikkinchi sessiyasi o‘tkazildi.  

Sessiya ishida tumanimizdan saylangan viloyat Kengashi deputatlari, tuman sektor raxbarlari, tuman hokimining o‘rinbosarlari, kun tartibiga kiritilgan masalaga aloqador tashkilotlari rahbarlari ishtirok etdilar. 

Sessiya yig‘ilishida Quva tumanida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024 yil 21 fevraldagi PF-37-son Farmonining birinchi chorakdagi ijrosi, Jinoyatchilik va huquqbuzarliklarni barvaqt oldini olish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar, 2024 yil birinchi chorak yakuni bo‘yicha jamoatchilik fikri asosida shakllantirilgan tadbirlarni moliyalashtirishga yo‘naltirilgan mablag‘larning hisboti va boshqa bir qator masalalar yuzasidan mas’ullarning axborotlari hamda hisobotlari tinglandi. 

Kun tartibidagi masalalar yuzasidan deputatlar tomonidan berilgan savollarga mas’ullar tomonidan tegishli javoblar berildi. 

Kun tartibidagi masalalar yuzasidan qaror loyihalari ishlab chiqilib deputatlar tomonidan tasdiqlandi.