Barcha yangiliklar
Hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish – deputatlar nazoratida
Gallery image 94034
Gallery image 94035
Gallery image 94036
XAMDAMOVA NASIBA MIRZARAIMOVNA
18 Fev 2026
10:37

Hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish – deputatlar nazoratida

Hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish – deputatlar nazoratida

Bugun Xalq deputatlari tuman Kengashi deputatlari tomonidan saxovat, mehr-oqibat va shukronalik ramzi bo‘lgan muborak Ramazon oyi munosabati bilan ichki bozorlarda narx-navoning barqarorligini ta’minlash, aholi iste’moli uchun zarur bo‘lgan asosiy mahsulotlar narxlarini nazoratdan o‘tkazish ishlari amalga oshirildi.

Shuningdek, Sariosiyo tumani dehqon (oziq-ovqat) bozori hududini obodonlashtirish holati ko‘zdan kechirildi hamda tuman markazida manzilli nazorat tadbirlari o‘tkazildi.

Bundan tashqari, Alisher Navoiy mahallasida yoshlar yetakchisi va hokim yordamchisi tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligi, xususan, aholini kambag‘allikdan chiqarish bo‘yicha olib borilayotgan chora-tadbirlar o‘rganildi. Shuningdek, ijtimoiy xodim tomonidan aholining ijtimoiy ehtiyojmand toifalariga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifati tahlil qilindi.