Barcha yangiliklar
"Hech kim mehr-e’tibordan chetda qolmaydi".
Gallery image 94031
Gallery image 94032
Gallery image 94033
XAMDAMOVA NASIBA MIRZARAIMOVNA
18 Fev 2026
10:36

"Hech kim mehr-e’tibordan chetda qolmaydi".

"Hech kim mehr-e’tibordan chetda qolmaydi".

        “Inson qadri uchun, inson baxti uchun” degan ezgu g‘oya asosida, muborak Ramazon oyi munosabati bilan Sariosiyo tumanida mehr-muruvvat, saxovat tadbirlari amalga oshirilmoqda. 

         Joriy yilning 18-fevral kuni "Nuroniy" jamg‘armasi tuman bo‘limi raisi, Xalq deputatlari Sariosiyo tuman Kengashi deputati S.Qosimov tomonidan tuman hududidagi "Mehr-shavqat" mahallasida yashovchi ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar holidan xabar olindi. 

         Shuningdek, deputat S.Qosimov tashabbusi bilan saxovatpesha homiylar jalb qilingan holda yashash sharoiti og‘ir, uy-joyga muhtoj "Mehr-shavqat" mahallasida yashovchi fuqaroga yangi uy qurib berilmoqda.