Barcha yangiliklar
Mahalla xotin-qizlar faoli faoliyati o‘rganildi.
Gallery image 93989
Gallery image 93990
Gallery image 93991
Gallery image 93992
QANOATOV DILSHOD ABDUSAMAT O‘G‘LI
02 Mar 2026
10:25

Mahalla xotin-qizlar faoli faoliyati o‘rganildi.

 Mahalla xotin-qizlar faoli faoliyati o‘rganildi.

Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati L.Niyozova tomonidan mahalla xotin-qizlar faoli tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligi o‘rganildi.

O‘rganish davomida xotin-qizlar bandligini ta’minlash, ularni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, oilalar mustahkamligini ta’minlash hamda muammoli oilalar bilan manzilli ishlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilindi. 

 Shuningdek, xotin-qizlarni tadbirkorlikka jalb qilish, kasb-hunarga o‘qitish va ularning ijtimoiy faolligini oshirish yuzasidan olib borilayotgan ishlarga alohida e’tibor qaratildi.

 Deputat tomonidan mas’ullarga ish samaradorligini yanada oshirish, mahalladagi ayollar murojaatlarini o‘z vaqtida ko‘rib chiqish bo‘yicha tavsiyalar berildi.

 Mazkur o‘rganish ishlari xotin-qizlarning ijtimoiy himoyasini kuchaytirish va ularning jamiyat hayotidagi faolligini oshiradi.

 Xalq deputatlari Qiziltepa tumani Kengashi kotibiyati