Barcha yangiliklar
Tuman Kengashi deputati mahallada sayyor qabul o‘tkazdi
Gallery image 93924
Gallery image 93925
Gallery image 93926
Gallery image 93927
Gallery image 93928
Gallery image 93929
Gallery image 93930
Gallery image 93931
ESHKUZIYEV ELBEK ABDUALIMOVICH
02 Mar 2026
09:50

Tuman Kengashi deputati mahallada sayyor qabul o‘tkazdi

Xalq deputatlari Zomin tuman Kengashi deputati Y.Safarov tomonidan hududdagi Bog‘ishamol mahallasida sayyor qabul tashkil etildi. Mazkur uchrashuvdan ko‘zlangan asosiy maqsad fuqarolarning muammo va takliflarini bevosita joyiga chiqqan holda o‘rganish, ularni qiynayotgan masalalarga amaliy yechim topishdan iborat bo‘ldi.

Sayyor qabulda tuman Kengasi deputati S.Bekmurodova, “mahalla ettiligi” ishtirok etdi. Ochiq muloqot tarzida o‘tgan uchrashuv davomida aholi tomonidan ichimlik suvi va elektr ta’minoti, tadbirkorlik faoliyatini boshlash uchun ko‘mak berish kabi qator masalalar ko‘tarildi.

Deputat har bir murojaatni batafsil tinglab, ayrim masalalar yuzasidan mas’ul tashkilotlarga aniq topshiriqlar berdi. Qo‘shimcha o‘rganish va vaqt talab qiladigan masalalar esa tegishli tartibda nazoratga olinib, ijrosi bo‘yicha muddatlar belgilandi.