Barcha yangiliklar
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Tadbirkorlik raqobatni rivojlantirish va sanoat masalalari qomitasining a'zosi Ravshan Fozilov Abdulxayevich Olmazor tumaniga  amaliy tashrif buyurdi.
Gallery image 93911
Gallery image 93912
Gallery image 93913
Gallery image 93914
Gallery image 93915
Gallery image 93916
Gallery image 93917
Gallery image 93918
XOLIQJONOVA BARNOXON AXROR QIZI
28 Fev 2026
09:40

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Tadbirkorlik raqobatni rivojlantirish va sanoat masalalari qomitasining a'zosi Ravshan Fozilov Abdulxayevich Olmazor tumaniga amaliy tashrif buyurdi.

 O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Tadbirkorlik raqobatni rivojlantirish va sanoat masalalari qomitasining a'zosi Ravshan Fozilov Abdulxayevich Olmazor tumaniga amaliy tashrif buyurdi.  

Tashrifda xalq deputatlari Olmazor tumani Kengashi deputati T.Shomansurov, O‘zLiDeP Olmazor tumani Kengashi raisi J.Turapov, U.Raximov va partiya vakillari ishtirok etdi.

 Dastlab deputatlar “Yoshlik” va “Chamanbog‘” mahallalarida bo‘lib, mahalla faollari va “Mahalla yettiligi” bilan samimiy uchrashuv o‘tkazdi. Uchrashuv davomida hududda amalga oshirilayotgan ishlar, aholining ehtiyojlari, ijtimoiy muammolar va bugungi kunda mahalla oldida turgan dolzarb vazifalar muhokama qilindi. Shuningdek, infratuzilma, ijtimoiy xizmatlar sifati va mahallalarda yashash sharoitlarini yaxshilash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

 Bundan tashqari, hududdagi 63-Oilaviy poliklinika, 134-umumta’lim maktabi rahbariyati va "ART-SHOSH" hunarmandlik markazi faoliyati bilan yaqindan tanishdi. 

 Mazkur tashrif mahallalar hayotini joyida o‘rganish, aholining muammolarini bevosita eshitish va ularni hal etish, shuningdek, kelgusidagi rejalarni aniq belgilashda muhim ahamiyat kasb etdi.