Barcha yangiliklar
TIBBIY MARKAZDAGI QURILISH ISHLARI DEPUTATLAR NAZORATIDA
Gallery image 93886
Gallery image 93887
Gallery image 93888
Gallery image 93889
Gallery image 93890
Gallery image 93891
Gallery image 93892
TEMIROV AZIZBEK O‘KTAM O‘G‘LI
02 Mar 2026
08:28

TIBBIY MARKAZDAGI QURILISH ISHLARI DEPUTATLAR NAZORATIDA

Aholiga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmat sifatini oshirish va zamonaviy sharoitlar yaratish — davlatimiz siyosatining ustuvor yo‘nalishidir. Shu maqsadda, xalq deputatlari Termiz shahar Kengashi deputatlari tomonidan navbatdagi nazorat-tahlil tadbiri o‘tkazildi.

O‘rganishlarda shahar Kengashi deputatlari A.Mustafakulov, O.Sharafitdinova, I.Shatova, Sh.Allamuradova va X.Jo‘rayevlar ishtirok etdilar.
Diqqat markazida — RSHTYIM Surxondaryo filiali:

Deputatlar Termiz shahar «O‘zbekiston» MFY hududida joylashgan Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Surxondaryo filialida olib borilayotgan keng ko‘lamli rekonstruksiya va qurilish ishlari bilan yaqindan tanishdilar.

 Loyiha doirasida quyidagi muhim bo‘limlar barpo etilmoqda:

🔹 kardioxirurgiya;

🔹 urologiya va transplantologiya;

🔹 nevrologiya va erta reabilitatsiya;

🔹 toksikologiya va EKD;

🔹 reanimatsiya va bolalar reanimatsiyasi.

Deputatlar qurilish maydonida ishlarning sifati, belgilangan muddatlarga rioya etilishi va zamonaviy tibbiy texnologiyalar uchun yaratilayotgan infratuzilmani ko‘zdan kechirdilar. Mas’ullarga ishlarni o‘z vaqtida va sifatli yakunlash bo‘yicha tavsiyalar berildi.

Maqsad — Surxon vohasi aholisi uchun eng murakkab jarrohlik amaliyotlarini ham shu yerning o‘zida o‘tkazish imkoniyatini yaratish!