Barcha yangiliklar
HUDUDDAGI MADANIYAT MUASSASALARI HOLATI O‘RGANILDI.
Gallery image 93839
Gallery image 93840
Gallery image 93841
Gallery image 93842
Gallery image 93843
Gallery image 93844
Gallery image 93845
Gallery image 93846
MIRZAYEV DILSHOD RUXUTDIN O‘G‘LI
28 Fev 2026
17:15

HUDUDDAGI MADANIYAT MUASSASALARI HOLATI O‘RGANILDI.

Xalq deputatlari Parkent tuman Kengashi deputati Uboydullayeva Yulduz Abrorjonovna o‘zi saylangan okrug hududida joylashgan 37-sonli Chotqol madaniyat markazi faoliyati bilan yaqindan tanishdi. Tashrif davomida madaniyat markazining moddiy-texnik bazasi, binoning umumiy holati, to‘garaklar faoliyati hamda aholiga ko‘rsatilayotgan madaniy xizmatlar sifati o‘rganildi. Xususan, markazda faoliyat yuritayotgan ijodiy to‘garaklar, yoshlar va xotin-qizlar uchun tashkil etilgan madaniy-ma’rifiy tadbirlar samaradorligi yuzasidan mas’ullar bilan suhbat o‘tkazildi. Shuningdek, binoda mavjud jihozlar, sahna anjomlari holati ko‘zdan kechirildi. Deputat tomonidan hududda madaniyat muassasalari faoliyatini yanada jonlantirish, yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish hamda milliy qadriyatlarimizni keng targ‘ib etishga qaratilgan ishlarni kuchaytirish zarurligi ta’kidlandi. Madaniyat markazining faoliyatini takomillashtirish bo‘yicha jamoatchilik nazorati ishlari izchil davom ettiriladi.