Barcha yangiliklar
MAHALLADAGI SOLIQ INSPEKTORI TOMONIDAN UNGA YUKLATILGAN MASALALARNI AMALGA OSHIRILISHI HOLATI BO`YICHA JAMOATCHILIK NAZORATI O`TKAZILDI.
Gallery image 93826
Gallery image 93827
Gallery image 93828
Gallery image 93829
MIRZAYEV DILSHOD RUXUTDIN O‘G‘LI
28 Fev 2026
17:11

MAHALLADAGI SOLIQ INSPEKTORI TOMONIDAN UNGA YUKLATILGAN MASALALARNI AMALGA OSHIRILISHI HOLATI BO`YICHA JAMOATCHILIK NAZORATI O`TKAZILDI.

Xalq deputatlari Parkent tumani Kengashiga 21-Nevich saylov okrugidan saylangan deputat Yoqubova Xusnora Abduxamidovna oʻzi saylangan okrugdagi “Qizilsoy” MFYda boʻlib, mahalla “yettiligi” faoliyati bilan yaqindan tanishdi. Tashrif davomida, ayniqsa, mahalladagi soliq inspektoriga yuklatilgan vazifalarning bajarilishi holati atroflicha oʻrganildi. Jumladan, hududda aholining soliq madaniyatini oshirish, fuqarolarga soliq qonunchiligidagi yangiliklarni yetkazish, tadbirkorlik faoliyatini boshlash va rivojlantirish uchun yaratilgan qulay shart-sharoitlar yuzasidan olib borilayotgan targʻibot ishlari koʻrib chiqildi. Soliq inspektori tomonidan hudud aholisiga soliq islohotlarining mazmun-mohiyati, amaldagi imtiyozlar, shuningdek, soliq majburiyatlarini oʻz vaqtida bajarishning ahamiyati haqida batafsil tushuntirishlar berilayotgani taʼkidlandi.